Chirchiq daryosi mutaxassislar e’tiborida

14/02/2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonning 1-iovasi bilan Daryo o‘zanlarida to‘planib qolgan noruda materiallaridan tozalash tizimini tartibga solish va takomillashtirish bo‘yicha tasdiqlangan Yo‘l xaritasining 10-bandiga asosan daryo va soylarning o‘zanlarida mavjud xavfli uchastkalarda sel xavfining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha, joriy yilning 14-fevral kuni tuzilgan idoralararo ishchi guruhlar tomonidan sel va toshqinlar mavsumidan oldin xavfli uchastkalarni aniqlash hamda daryo va soylarning o‘zanlari, qirg‘oqlar, gidrotexnik inshootlar, elektr energiyasi va transport infratuzilmasi obyektlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Gidrometeorologiya xizmati, Sanitariya epedomologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hududiy filiali, “ Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti filiali, Yer rasurslari va kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va Milliy elektr tarmoqlari Toshkent shahar boshqarmalari mutaxassis xodimlari bilan bir qatorda “Xavsiz daryo boshqarmasi”davlat muassasasi mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.

Tadbir davomida Chirchiq daryosi bo‘yida sel toshqinlari mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni keltirilib chiqarishi mumkin bo‘lgan uchastkalar o‘rganilmoqda.

O‘rganish yakunida Chirchiq daryosini ekologik reabilitatsiya qilish loyihasini ishlab chiqilishi uchun Ishchi guruhi tomonidan tegishli tavsiya va takliflar berilishi belgilab olindi.