Rasmiy munosabat

30/04/2024

2024-yilning 17-aprel kuni Jizzax viloyatining “Ishonch” gazetasida Dolzarb mavzu ruknida “O‘zanlar xavf ostida qolmaydi(mi)” sarlavhasi ostida Sangzor daryosini bugungi kundagi holatidan kelib chiqib daryo o‘zanini tozalashga mas‘ul korxonalar faoliyati tanqid qilingan.

Yuqoridagi maqolada ko‘tarilgan masalalar yuzasidan “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi o‘ziga tegishli qismda quyidagilarni ma’lum qiladi.

Daryo o‘zanlarini tozalash faqat, qirg‘oqlar yuvilishiga hamda yaqin hududlarni suv bosishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan va suv oqimlariga to‘sqinlik qilayotgan o‘zanda yig‘ilib qolgan qum-shag‘al materiallari hajmini qazib olinishiga ruxsat etilib, to‘planib qolgan qum-shag‘al materiallaridan tozalanishi lozim bo‘lgan daryo o‘zanlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi Toshqinga qarshi Hukumat Komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Daryo o‘zanlaridagi tozalanishi lozim bo‘lgan uchastkalardan qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyektlari uchastkalarda daryo o‘zanlarini tozalash ishlarini sifatli va o‘zan tozalash ishlarini loyiha hujjatlari hamda davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablari asosida olib borayotganligini “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi nazorat qilib boradi.

Shuningdek, Jizzax viloyatida sel suv toshqini mavsumi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hududlarni zararsizlantirish maqsadida Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan uchastkalar ro‘yxati shakllantirilib, tegishli tartib asosida Toshqinga qarshi Hukumat Komissiyasiga kiritilib kelinmoqda.

Jumladan, maqolada keltirilgandek “daryoning istalgan joyi to‘silib, uzluksiz qum-shag‘al qazilmoqda” emas balki Jizzax viloyati Sangzor daryosida shu kungacha O‘zbekiston Respublikasi Toshqinga qarshi Hukumat Komissiyasi tomonidan 2019-yildan 2022-yilga qadar Sangzor daryosi o‘zanini tozalash bo‘yicha jami 5 ta uchastka tozalanishi lozim deb topilgan. Tozalanishi lozim deb topilgan uchastkalarni tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish uchun tozalash bo‘yicha yuqorida keltirilib o‘tilgan tegishli tartib asosida (541-son qaror) loyiha hujjatlarini ishlab chiqilib, (981-qaror) tadbirkorlik subyektariga E-Auksion yagona savdo maydonchasiga realizatsiya qilishi orqali daryo o‘zanini tozalash ishlari amalga oshirilgan.

Hozirda, Sangzor daryosida 12 ta uchastka tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilingan bo‘lib, har oy davomida qum-shag‘al materiallarini qazib olish faoliyati monitoring qilinib, tadbirkorlik subyektlariga o‘zan tozalash ishlarini loyiha hujjatlari hamda davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablari asosida olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda. Talablarga rioya etmagan hamda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga qat’iy ogohlantirish va jarimalar qo‘llanilmoqda.

Biroq yuqoridagi o‘rnatilgan tartiblarga qaramasdan, daryo o‘zanidan qum-shag‘al materiallarini noqonuniy ravishda qazib olish holati uchrayotganligi bois, noqonuniy faoliyatni oldini olish uchun Xavfsiz daryo boshqarmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Prokuratura, Milliy gvardiya, Eko patrul xodimlari ishtirokida doimiy ravishda nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda hamda aniqlangan holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 666-son “Noruda materiallarini noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risida” nizomiga asosan atrof muhitga yetkazilgan zararlar aniqlanib, jarimalarga tortilmoqda.

Shuningdek, maqolada keltirilgan, “Binar Texno” MCHJ Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida faoliyat yuritib kelgan. Unga ko‘ra ruxsatnoma 2015-yil 5-iyun kuni 5 yil muddatga, ya’ni 2020-yil 5-iyunga qadar faoliyat yuritishi asosli hisoblangan. Hozirda yuqoridagi MCHJning faoliyati yakunlangan. Mavjud qonunlarga asosan, ruxsatnoma asosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar faoliyatini Xavfsiz daryo boshqarmasi nazorat qilish vakolatiga ega emas.

Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022-yil 8-fevral kuni “Hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 2022-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi 12-sonli bayonning 29-bandi uchinchi xatboshida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi “O'zbekgidrogeologiya” unitar korxonasi tomonidan taqdim etilgan salbiy hulosalarga asosan, ikki hafta davomida Zarafshon va Chirchiq daryolarining ichimlik suvi ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan uchastkalarda noruda  materiallarini qazish ishlarini belgilangan tartibda to‘xtatish choralarini ko‘rish belgilangan “O'zbekgidrogeologiya” unitar korxonasi tomonidan 2022-yil 3-martda taqdim etilgan 02/358-sonli xatda, korxona mutaxassislari tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida tuzilgan xulosa taqdim etilgan.

Mazkur xulosada, Chirchiq daryosi mintaqasida yer osti suvlari sathi to‘g‘risidagi ko‘p yillik monitoring ishlari ma’lumotlari tahliliga ko‘ra, ishlatilayotgan suv olish quduqlari orqali ko‘tariladigan yer osti suvlari sathi chuqur joylashganligini hamda suv o‘tkazmas qatlam bilan himoyalanganligi sababli, daryo o‘zanidan qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlarining yer osti suvlariga bevosita ta’siri kuzatilmaganligi ma’lum qilingan. Huddi shunday holat Zarafshon daryosi bo‘yicha ham kuzatilganligi va daryo o‘zanidan qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlarini yer osti suvlariga ta’sir deyarli kuzatilmaganligi ta’kidlangan.

Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilishimiz mumkunki, Sangzor daryosi atrofidagi yer osti suvlari sathi keskin pasayib, buloqlar va quduqlar quriganligiga daryo o‘zanidan qazib olinayotgan qum-shag‘al materillarini qazib olish ishlarini aloqasi mavjud emas.

O‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
26.12.2011-yildagi 342-son qarorida belgilab qo‘yilganki, maqolada keltirilganidek, daryolardagi ko‘priklardan o‘zan bo‘ylab yuqoriga va pastga qarab 2,5 km.gacha bo‘lgan masofada qum va toshlar qazib olish emas balki qum-shag‘al materiallarini qazib olish uchun karyerlar barpo etish taqiqlangan.

Takidlab o‘tish joizki, daryo o‘zanida tabiiy ravishda qum-shag‘al materiallari yig‘ilib, suv oqimiga to‘sqinlik qilishi yoki suv yo‘nalishini o‘zgartirib yuborishi va natijada sel-suv toshqini mavsumida toshqin suvlarini yuzaga keltirishi, daryo bo‘yida istiqomat qilayotgan aholi, ekin maydonlari va boshqa infratuzilma obyektlariga bo‘lgan xavfni aynan o‘zan tozalash ishlari natijasida ma’lum miqdorda oldindan bartaraf etish mumkin.

Maqola yuzasidan “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Jizzax viloyati bo‘linmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida, Sangzor daryosi yaqinida istiqomat qiluvchi aholi fikrlari tinglanib, aholini qiziqtirgan savollarga muassasa mutaxassislari tomonidan to‘liq javob berilib, yuqorida qayd etilgan masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Xulosa sifatida So‘ngi yillarda mamlakatimizda qurilish ko‘lamining va noruda materiallariga bo‘lgan ehtiyojning keskin oshishi natijasida daryo o‘zanlari sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zo‘nalarida noruda materillarini qazib olish bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlik subyektlarini soni ortib bormoqda. Buning oqibatida daryo qirg‘oqlarining yemirilishi suvni muhofaza qilish zonalarini turli chiqindilar bilan ifloslanishi holatlari yuz berishini oldini olish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-14-son hamda “Sirdaryo daryosi o‘zanida ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Farmonlariga asosan Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo kabi daryolar o‘zanlaridagi ekologik vaziyat ularni qayta tiklash maqsadida muddatsiz moratoriy ham joriy etildi.