Hududlarda oylik o‘lchov monitoring nazorat ishlari boshlandi
19/11/2025
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida daryolar o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi to‘g‘risida imzolangan shartnomalarning “Kalendar grafigi”ga asosan noyabr oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi bo‘yicha o‘lchov ishlari va o‘zan tozalash jarayoni monitoring ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘lchov va nazorat ishlari shartnomalarda ko‘rsatilgan talablarga rioya etilishini ta’minlash, qazib olish jarayonining shaffofligini oshirish hamda suv xo‘jaligi obyektlariga yetkaziladigan salbiy ta’sirlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Yuqoridagi kabi nazotat o’lchov ishlari Respublikamizning boshqa viloyatlarida ham reja-grafik asosida davom ettiriladi.