“Eng yaxshi suvchi kitobxon” tanlovining muassasa bosqichi yakunlandi

20/08/2026

Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi suvchi kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

 Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori ijrosini ta’minlash, tizim xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy, kasbiy va sohaviy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etildi.
 Tanlov ishtirokchilarning bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan uchta shart asosida tashkil etildi. Jumladan, “O‘zbek adabiyoti bilimdoni”, “Sohaga oid asarlar bilimdoni” hamda “Men sevib o‘qigan motivatsion asar” shartlari bo‘yicha ishtirokchilarning bilimlari baholandi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, ishtirokchilar orasidan uch nafar g‘olib aniqlandi.

 Muassasaning bosh mutaxassisi Eshboyev Quvonchbek tanlovda faol ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi va respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.


Tanlov davomida xodimlarning badiiy, kasbiy va sohaviy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishi, kitobxonlik madaniyati hamda intellektual salohiyati namoyon bo‘ldi.

 Mazkur tadbir tizim xodimlari o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va kasbiy bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.