O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suv fondi yerlarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilish faoliyatini tartibga solishga oid qarori qabul qilindi
15/07/2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF–74-son “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida” hamda 2026-yil 26-maydagi PF–99-son “Suv xo‘jaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 362-son “Suv fondi yerlarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan ochiq turdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini yopiq-yotiq drenajlarga aylantirish va suv fondi yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi huquqiy mexanizmlar belgilandi.
Qaror matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/uz/pdfs/-8328590