Diqqat E'lon!
13/05/2026
Hurmatli hamyurtlar va tadbirkorlar!
2026-yil 19-may kuni “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi rahbariyati tomonidan tadbirkorlar uchun Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul tashkil etilishini ma’lum qilamiz.
Faoliyatga doir o‘zingizni qiziqtirgan savollar, takliflar hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan fikrlaringiz bo‘lsa, sizni qabulga taklif etamiz.
O‘tkazilish joyi: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Islom Karimov ko‘chasi 81-A uy. Amu-Qashqadaryo Irrigatsiya tizimlari Havza boshqarmasi binosi.
Joylashuv:https://maps.google.com/maps?q=38.884641,65.808562&ll=38.884641,65.808562&z=16
Boshlanish vaqti: soat 11:00.
Ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar quyida keltirilgan aloqa raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin. +998 99 003 38 03
Barcha tadbirkorlarni qabulda faol ishtirok etishga chorlaymiz!