Qashqadaryo viloyatida tungi reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda
13/12/2025
Qashqadaryo viloyati hokimiyati tomonidan hududda noruda materiallarning noqonuniy qazib olinishini nazorat qilish va uni oldini olish, qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan ishchi guruh tuzildi.
Unda, Qashqadaryo viloyati Ekologiya, boshqarmasi, "Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasining Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi hamda bir qator tegishli mutasaddi tashkilot xodimlari ishtirokida tungi reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Reyd tadbiri davomida bir qator huquqbuzarliklar aniqlangan bo‘lib, Qarshi tumani "Chaman" va "Hilol" MFYlar hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosi o‘zanidan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini yuklab olayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan qonuniy ravishda jazo ta’sir chorasini qo‘llash maqsadida, texnikalar jarima maydonchasiga joylashtirilib, huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi "Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida"gi Kodeksning 70-1-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib jarimaga tortildi.