Murojaatlar bilan ishlashda amaliy yondashuv
07/02/2026
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi rahbariyati hamda tegishli bo‘lim va yo‘nalishlar mutaxassislari tomonidan Toshkent viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur sayyor qabul davomida fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarning suv xo‘jaligi sohasiga oid murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Xususan, bozor mexanizmlarini amaliyotga joriy etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, xizmatlar sifatiga oid masalalar muhokama qilindi.
Qabul jarayonida bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha mas’ul mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, fuqarolar va tashkilotlar vakillariga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida batafsil tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.