Daryo va soy o‘zanlari belgilangan tartibda o‘z vaqtida tozalanmasa qanday oqibatlar yuzaga kelishi mumkin?

22/05/2026

O‘zanlarda qum-shag‘al materiallari, loyqa va chiqindilarning to‘planishi natijasida suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati pasayadi. Bu esa suv sathining ko‘tarilishiga va kuchli yog‘ingarchilik paytida sel-suvlari daryolar va soylarning qirg‘oqlaridan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. O‘zanlarda suv oqimining tabiiy harakati buziladi.

Sel-suv toshqini, yog‘ingarchilik davrida, suv toshqinlari va sel xavfi keskin ortadi. Tozalanmagan o‘zanlar esa suv hajmini qabul qila olmaydi, natijada aholi yashash joylari, qishloq xo‘jaligi yerlari, avtomobil yo‘llari va ko‘priklarga jiddiy zarar yetadi.
 

 Xulosa qilib aytganda, daryo va soy o‘zanlarini belgilangan tartibda muntazam tozalab borishdan maqsad—sel-suv oqimlarini daryolar va soylardan talofatsiz o‘tkazish, qirg‘oqlar yuvilishini hamda qirg‘oqqa yaqin joylashgan hududlarni, aholi punktlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni suv bosishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olishdan iborat.