Qadrli yurtdoshlar!

27/05/2026

Barchangizni muborak Qurbon Hayiti ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz. Ushbu qutlug‘ bayram xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, qalbingizga esa xotirjamlik va quvonch olib kirsin.
Yaratganning rahmati va inoyati doimo Sizni qo‘llab-quvvatlab, qilayotgan barcha ezgu amallaringiz, duoyu niyatlaringiz ijobat bo‘lsin. Hayit ayyomi mehr-oqibat, saxovat va insoniylik tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, yaqinlaringizga baxtli onlar ulashishga sababchi bo‘lsin.
 

Samimiyat ila “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi jamoasi!