Sirdaryo daryosi o‘zanini tozalash bo‘yicha  ishlab chiqilishi rejalashtirilgan loyiha jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi

09/02/2026

“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi mutaxassislari hamda mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani SIU hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanidagi uchastkalarda ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan Atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risidagi ariza loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Mazkur jamoatchilik eshituvi loyihaning ekologik jihatlarini oshkora muhokama qilish, atrof-muhitga bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarni baholash, shuningdek, mahalliy aholining fikr-mulohazalari hamda takliflarini inobatga olish maqsadida o‘tkazildi. Tadbir davomida loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar, ularning suv resurslari, biologik xilma-xillik hamda hudud ekologik holatiga bo‘ladigan ehtimoliy ta’siri to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. 

 O‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida mahalla faollari tomonidan daryolar o‘zanlarini tozalash bo‘yicha ishlab chiqilishi rejalashtirilgan loyiha bir ovozdan ma’qullandi.