Uchastkalarda jabrlangan beton qoziqlar qayta o‘rnatildi
25/11/2025
“Suv xo‘jaligia bozor mexanizmlarini joriy qilish”davlat muassasasi hududiy bo‘linma xodimlari tomonidan viloyati hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soylarning o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatlari muntazam ravishda monitoring qilinmoqda.
O‘rganishlar davomida, Toshkent va Namangan viloyatlar hududidan oqib o‘tuvchi Ohangaron, Qorasuv daryosi va G‘ovasoy soylarining o‘zanida suv sathining ko‘tarilishi, oqibatida uchastkada yuvilgan hamda jabrlangan beton qoziqlar qayta o‘rnatilib, o‘zan tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalarda bannerlar yangilandi.
Qolgan hududlarda ham muassasa xodimlari boshchiligida tadbirkorlik subyektlari tomonidan yuvilib ketgan qoziq va bannerlarni ishchi holatga keltirish ishlari davom etmoqda.