Amudaryo qirg‘oqlarida yashil nafas!
13/11/2025
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Xorazm viloyati bo‘linmasi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan Xorazm viloyatining Urganch tumani hududidan oqib o‘tuvchi Amudaryo daryosi o‘zanidagi “Sirli Jayxun daryo” hamda “Daryo beklari” MChJlar uchastkalarining muhofaza mintaqalarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirlari tashkil etildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasining boshqa hududiy bo‘linmalari tomonidan ham daryo bo‘yi hududlarini obodonlashtirish, uning tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilmoqda.