Noqonuniy faoliyatlarni oldi olinmoqda
27/06/2024
2024-yilning 24-iyun kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida viloyat hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soy o‘zanlaridan noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd tadbiri davomida, shu hududda istiqomat qiluvchi fuqaro U.M. tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan texnikalar yordamida Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Xo‘jasoat” MFY hududidan oqib o‘tgan Vaxshivorsoy soyi o‘zanidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan qonuniy ravishda jazo ta’sir chorasini qo‘llash maqsadida, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 701-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib,bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari ya'ni 10 200 000,00 (o‘n million ikki yuz ming) so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 666-son qaroriga muvofiq, tabiiy obyektlarga yetkazilgan zarar 350 000,00 (uch yuz ellik ming)so‘mni tashkil etganligi aniqlandi.
Yuqoridagi kabi nazorat reyd tadbirlari tezkor guruh tomonidan viloyatning qolgan tumanlarida ham olib borilishi rejalashtirilgan.