Uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borildi

20/10/2025

“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Samarqand viloyati hamda Andijon viloyati  hududiy bo‘linmasi xodimlari  ishtirokida uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borildi.

Xususan, “E-AUKSION” elektron savdo platformasining bayonnomasiga asosan, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish ” davlat muassasasi va “Zarafshon Unversal Grand” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Dehqonobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi 1-sonli uchastkada hamda "Maks star GSD" mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida Andijon viloyati  Qo‘rg‘ontepa tumani "Yortiboshi" MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi 1-sonli uchastkalarda o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi uchun shartnoma imzolandi.

 O‘z navbatida, realizatsiya qilingan uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorga ko‘rsatilib, uchastkaning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton qoziqlar o‘rnatish ishlari olib borildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zan tozalash jarayonida qum shagʻal materiallarini qazib olish ishlari ushbu chegara nuqtalaridan chetga chiqmasdan ishlash lozimligini anglatadi.