Qoradaryo daryosi o‘zanini tozalash ishlari doirasida “Feruzbek Progress” MChJga biriktirilgan uchastkada amaliy tadbirlar o‘tkazildi

09/10/2025

Samarqand viloyati  Ishtixon tumani “Dehqonobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi 2-uchastka "FERUZBEK PROGRESS" MChJ ga biriktirildi. Tadbirkorlik subyektiga mazkur uchastkada faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablari asosida o‘zan tozalash tartibi tushintirildi hamda tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorlik subyektiga ko‘rsatilib, uchastkalarning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton ustun qoziqlar hamda uchastka parametrlarini o‘zida aks ettiruvchi bannerlar joylashtirildi.