Uchastkada ustun beton qoziqlar va banner o‘rnatish ishlari olib borildi
20/08/2024
Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Oxunboboyev” va “Yoqubov” massivlari hududidan oqib o‘tuvchi Tentaksoy soyi o‘zanidagi “Comfort qurilish tamirlash 555” MCHJga biriktirilgan uchastkada faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablariga rioya etilishi nazorat qilindi.
Shuningdek, uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorlik subyektiga ko‘rsatilib, uchastkalarning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton ustun qoziqlar hamda uchastka parametrlarini o‘zida aks ettiruvchi bannerlarni o‘rnatish ishlari olib borildi.