Qorasuv daryosi o‘zanini tozalash ishlari jamoatchilik eshituvida muhokama qilindi
29/03/2024
2024-yil 28-mart kuni Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani “Toshtug‘izoq” MFY binosida “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi vakillari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi Yuqorichichiq tumani bo‘limi, Davlat ekologik ekspertiza markazi, tuman ekologik inspeksiyasi mutaxassis xodimlari hamda “Toshtug‘izoq” mahallasi raisi va faollari ishtirokida Qorasuv daryosi o‘zanini tozalash ishlarini olib borishning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligi yuzasidan jamoatchilik fikri o‘rganildi.
Jamoatchilik eshituvi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentyabrdagi “Atrof muhitga ta’sirni baholash mexanizimini yanada takomillashirish toʻgʻrisida” 541-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq tashkil etildi.
Tadbir davomida, Qorasuv daryosida o‘rganilayotgan uchastkasining asosiy ekologik muammolari, daryo o‘zanida uzoq yillar davomida qum-shag‘allar to‘planib qolishi natijasida suv o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, daryo qirg‘oqlari yuvib ketishi va daryo atrofida istiqomat qiladigan aholiga xavf solayotganligi uchun daryo o‘zanini tozalash choralarini ko‘rish lozimligi muhokama qilindi.
Shu bilan birga, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” vakillari tomonidan daryoning muhokama qilinayotgan uchastkasi Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining “Tozalanishi lozim bo‘lgan uchastkalar ro‘yxati”ga kiritilganligi uchun loyiha tashkiloti tomonidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilganligi, ushbu loyiha hujjatiga davlat ekologik ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish uchun jamoatchilik fikri talab qilinayotganligini, daryo oְ‘zanini tozalash ishlari natijasida aholi xavfsizligi va hududdagi ekologik vaziyat yaxshilanishi haqida aholiga tushuntirishlar berildi.
Jamoatchilik eshituvi yakunida tadbir ishtirokchilari tomonidan daryo o‘zanini tozalash ishlari maqsadga muvofiqligi bir ovozdan ma’qullandi.