Surxondaryo viloyatida noqonuniy tarzda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holati aniqlandi.

25/09/2023

“Xavfsiz daryo boshqarmasi” Davlat muassasasi Marketing, loyiha va auksion hujjatlarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i ishtirokida e-auksion.uz yagona savdo maydonchasiga realizatsiya qilish maqsadida joylashtirilgan Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Nurli diyor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Surxondaryo daryosi o‘zanidagi uchastkalarda marketing ishlarini olib borish jarayonida, uchastkalarga tutash bo‘lgan hududda noqonuniy qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari olib borilayotganigi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari jalb qilinib, boshqarmaning Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan daryo o‘zanida noqonuniy qum-shag‘al materiallarini qazib olayotgan fuqaro S.A.Muratovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 701 moddasining 1-qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs uchun 9 900 000 ( to‘qqiz million to‘qqiz yuz ming ) so‘m miqdorda jarima va 1 400 000 (bir million to‘rt yuz ming) so‘m atrof-muhitga yetkazilgan zarar jazo chorasi tayinlandi.