O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.09.2018-yildagi 720-son qarori ijrosi ta’minlanmoqda.
24/11/2023
Vazirlar Mahkamasining 10.09.2018-yildagi 720-son qarori bilan tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashning hamda davlat byudjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari tasdiqlangan.
Navoiy viloyatida mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi, prokuratura, geologiya, soliq, kadastr, ekologiya va Xavfsiz daryo boshqarmasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Qiziltepa tumanidagi “Hasancha” MFY hududidagi tadbirkorlik subyektlariga tegishli karerlarda sanoat miqyosida noruda materiallarni qazish ishlari olib borilgan hududlar o‘rganildi.
Nazorat ishlari samaradorligini oshirish maqsadida jalb qilingan uchuvchisiz dron moslamasi yordamida o‘ziga biriktirilgan uchastkadan tashqarida noqonuniy qum-shag‘al materiallarini qazib olayotgan tadbirkorlik subyektlari aniqlanib, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish uchun to‘plangan materiallar Navoiy viloyat prokuraturasiga taqdim etildi.
Yuqoridagi kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida ishchi guruh a’zolari tomonidan nazorat tadbirlarini viloyatning boshqa hududlarida ham o‘tkazishga kelishib olindi.