Namangan viloyati hududidagi daryo va soy o‘zanlarini tozalash ishlarini olib borishni tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi
05/02/2026
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi mutaxassislari hamda mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan Namangan viloyati Pop tumani “G‘urumsaroy” MFY xududidan oqib o‘tuvchi Sarvaksoy soyi hamda A-373 Qamchiq avtomobil yo‘li hududidan oqib o‘tuvchi Qamchiqsoy soylari o‘zanidagi uchastkalarda ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan Atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risidagi ariza loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
Jamoatchilik eshituvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentyabrdagi 541-sonli “Atrof muhitga ta’sirni baxolash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga muvofiq o‘tkazildi.
O‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida mahalla faollari tomonidan daryo va soylar o‘zanlarini tozalash bo‘yicha ishlab chiqilishi rejalashtirilgan loyiha bir ovozdan ma’qullandi.