Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni!
13/12/2025
Hurmatli qishloq xo‘jaligi xodimlari!
Sizlarni fidokorona mehnatingiz, yerga bo‘lgan mehringiz va tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanib, xalqimiz dasturxonini to‘kin-sochin qilayotganingiz bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Qishloq xo‘jaligi — bu faqat mehnat emas, balki sabr, mas’uliyat va kelajakka bo‘lgan ishonchdir.
Ayniqsa, hayot manbai bo‘lgan suvni asrab-avaylab, har tomchisini qadrlab, yer unumdorligini oshirish yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlaringiz tahsinga loyiq. Suv va yer uyg‘unligi tufayli dalalarimiz yashnaydi, hosil barakali bo‘ladi.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, mo‘l hosil, xonadonlaringizga fayz-baraka va mehnatingizga munosib e’tibor tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!