10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
10/12/2025
Davlat madhiyasi mustaqil O‘zbekistonning sharafli yo‘li, xalqimizning mardligi, matonati va buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchining badiiy ifodasidir.
Madhiyaning ohangi qalbimizni uyg‘otib, undagi mazmun esa bizni Vatan manfaati yo‘lida mas’uliyat bilan harakat qilishga undaydi. Ushbu kun milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yangidan uyg‘otib, yurt ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizga yangi kuch beradi.