9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni!
09/12/2025
Ushbu kun korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha milliy va xalqaro hamkorlikni kengaytirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolarning davlat institutlariga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Mazkur yo‘nalishda har bir tashkilot va xodimning mas’uliyatli yondashuvi jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.
Ma’lumot uchun, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 2003-yil 31-oktabr kuni 9-dekabr sanasini “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” -deb e'lon qildi.