Konstitutsiya — yurt tinchligi va fuqarolar farovonligining huquqiy negizi!
08/12/2025
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni mamlakatimizning siyosiy-huquqiy taraqqiyotida alohida o‘rin tutuvchi muhim sana — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 33-yil to‘lganligi munosabati bilan "Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish"davlat muassasasi jamoasi nomidan muborakbod etamiz.
Konstitutsiyamiz – davlatimiz suvereniteti, jamiyatimiz barqarorligi va fuqarolarimizning asosiy huquq hamda erkinliklarini kafolatlovchi bosh hujjatdir. Unda belgilangan demokratik tamoyillar, qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish bugungi islohotlarimizning poydevorini tashkil etadi.
Asosiy qonunimizning hayotga izchil tatbiq etilishi mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda muhim o‘zgarishlarning amalga oshishiga xizmat qilmoqda. Ushbu sana barchamizni yurt ravnaqi yo‘lida faollik, mas’uliyat va yuksak vatanparvarlik ruhida harakat qilishga undaydi.