Uchastkalarni tanishtirish ishlari olib borildi
08/10/2025
Samarqand viloyati bo‘linmasi xodimlari tomonidan Pastdarg‘om tumani “Shoshbuloq” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanida joylashgan va auksion savdolariga qo‘yilgan 1-dan 5-gacha bo‘lgan uchastkalar tadbirkorlik subyektlariga tanishtirildi.
Mazkur tadbir tadbirkorlar murojaatlari asosida tashkil etilgan bo‘lib, ushbu hududlarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.