Tanxoz daryosi o‘zaniga zarar yetkazish holatiga barham berildi
18/04/2024
“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida noruda materiallarni noqonuniy ravishda qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri tashkil etildi.
Reyd tadbiri davomida, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani hududidan oqib o‘tuvchi Tanxoz daryosida fuqoro E.Ch. tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan “Volvo” rusumli ekskavator hamda “Kamaz” rusumli yuk tashish texnikalari yordamida hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini yuk mashinasiga yuklayotganlik holati aniqlandi.
Aniqlangan holat bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 70-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida, ya’ni 6 800 000,00 (olti million sakkiz yuz ming) so‘m miqdorida jarimaga tortildi va shaxsiy texnikalar vaqtinchalik saqlash maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirildi.